Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özatom” agentligi delegatsiyasi 27 oktyabr kuni Minsk şahrida XXX Belarus energetika va ekologiya forumi — EnergyExpo-2026 doirasidagi yalpi majlis va yuqori darajadagi xalqaro davra suhbatida iştirok etdi. Tadbir iştirokçilari energetik mustaqillik, boşqaruv tizimlarini moslaştiriş va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.
Energetika idoralari rahbarlari va mintaqaviy integratsiya birlaşmalari vakillari iştirokidagi strategik muloqotda global özgarişlar şaroitida energetika barqarorligini ta’minlaşga yondaşuvlar hamda sohadagi qöşma faoliyat imkoniyatlari körib çiqildi.
“Özatom” direktori Azim Axmedxadjayev atom energetikasining Özbekiston uçun strategik ahamiyatini ta’kidladi. Şuningdek, u Jizzax viloyatida integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasini quriş loyihasini amalga oşiriş haqida ma’lumot berdi. Loyiha doirasida bir maydonda katta va kiçik quvvatli energobloklarni joylaştiriş közda tutilgan.
Iştirokçilar Belarusning atom energetikasini rivojlantiriş tajribasi va kadrlar tayyorlaş, ilmiy-texnik hamkorlik hamda sanoat kooperatsiyasi sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratdi.
Muhokamalar energetik mustaqillikni mustahkamlaş va energetika tarmoğini rivojlantirişda mintaqaviy integratsiyaning örni haqidagi xalqaro muloqot doirasida bölib ötdi.