7
Iqtisod

Oʻzbekiston Masdar va AMEA Power kompaniyalari bilan loyihalarni kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi

Oʻzbekiston Masdar va AMEA Power kompaniyalari bilan loyihalarni kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi
Oʻzbekiston Masdar va AMEA Power kompaniyalari bilan loyihalarni kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi / Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi investorlar kengashining birinchi yigʻilishi doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvda “Masdar” bosh ijrochi direktori Muhammad Jamil Al-Ramahiy va “AMEA Power” raisi Husayn Al Novays ishtirok etdi.

Muloqot chogʻida Amirliklar bilan strategik sheriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boshidan buyon oʻzaro savdo hajmi 40 foizga oʻsdi. Yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Suhbat yakunida “yashil” energetika, zamonaviy infratuzilmalar, tarmoqlar va sanoat kooperatsiyasi, turizm va xizmat koʻrsatish kabi yoʻnalishlardagi loyihalarni jadallashtirish hamda kengaytirishga kelishib olindi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.