Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyev Avtomobil yöllari qömitasining ilmiy-amaliyot markazida transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazmoqda.
Davlatimiz rahbari iqtisodiyotning yuqori ösiş sur’atlariga mos ravişda transport tizimini ham rivojlantiriş, sohaga katta hajmda investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiliş, aniq natijalarga erişiş zarurligini ta’kidladi.
Sönggi ön yilda yöl sohasiga 80 trillion söm ajratilib, 7 ming kilometr yöl qayta qurildi, 125 ming kilometr yöl ta’mirlandi. Yöl infratuzilmasini rivojlantirişga xususiy investitsiyalarni keng jalb qiliş, sohaga 20 milliard dollar mablağ olib kiriş imkoniyati mavjud.
Hozirda umumiy qiymati 5,6 milliard dollar bölgan, jami 593 kilometrlik pulli yöllarni quriş böyiça 5 ta loyihaga kirişilgan. Toşkent – Samarqand yönalişida 2,2 milliard dollarlik yöl qurilişi boşlangan, Toşkent – Angren yönalişidagi 1,6 milliard dollarlik loyiha böyiça tender jarayonlari yakuniga yetmoqda.
Mutasaddilarga Toşkent – Çorvoq, Samarqand – Buxoro yönalişlari va Taxtaqoraça dovonidagi yöllar böyiça jami 1,8 milliard dollarlik loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini yakunlab, investorlarga taqdim etiş topşirildi.
Yöl va köpriklar qurilişiga tadbirkorlarni keng jalb qiliş böyiça yangi imkoniyatlar yaratiladi. Hozirga qadar hududlarda umumiy qiymati 4 milliard dollarlik 131 ta loyiha taklifi tayyorlangan.
Hokimlarga bir oy muddatda har bir hududda 1-2 tadan yöl va köprikni belgilab, ularni quriş, saqlaş va boşqariş şarti bilan investorlarga taklif etişni boşlaş topşirildi.
Bunday loyihalar xususiy sektorga texnik-iqtisodiy asoslari bilan birga tayyor paket şaklida taqdim etiladi.
Yöllar böyida savdo va servis obyektlarini taşkil etiş huquqi ham investorlarning öziga beriladi. Bu kabi loyihalar har bir tumanda bölişi zarurligi ta’kidlandi.
Bugungi kunda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda yöl infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça 6,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oşirilmoqda. Yaqinda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan Urganç – Tuproqqal’a yöli böyiça loyihaga start berildi.
Kelgusi yilda Jahon banki bilan M-41 yölining Surxondaryo viloyatidagi 97 kilometr qismini, Osiyo taraqqiyot banki bilan A-380 yölining Qaşqadaryodagi 100 kilometr qismini rekonstruksiya qiliş boşlanadi.
Şuningdek, Islom taraqqiyot banki bilan A-373 yölining Sirdaryodagi 37 kilometr qismini, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan esa M-37 yölining Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi 69 kilometr qismini rekonstruksiya qilişga kirişiladi.
Prezidentimiz yöl sohasida Özbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan xalqaro moliya taşkilotlariga minnatdorlik bildirdi.
Sönggi yillarda mamlakatimizda yöl qurilişi böyiça malakali mutaxassislar, yirik mahalliy pudratçi va muhandislik-konsalting kompaniyalari şakllangani, zamonaviy texnika bilan ta’minlaş borasida ham katta imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi.
Xalqaro moliya institutlariga mahalliy mutaxassislarni dunyo miqyosidagi yirik loyihalarga muhandis-konsultant sifatida jalb qiliş, yöl qurilişida tajriba orttirgan kompaniyalarimizni xorijiy tenderlarda iştirok etişga tayyorlaş böyiça qöşma dastur işlab çiqiş taklif etildi.
– Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yöl emas, uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yöl kerak,– dedi davlatimiz rahbari.
Polimer bitumdan töğri texnologiya asosida foydalaniş yölning xizmat muddatini 3-4 yilga uzaytiriş,yuqori haroratga çidamliligini oşiriş va takroriy ta’mirlaş xarajatlarini kamaytiriş imkonini beradi.
Kelgusi yilning mart oyidan Farğona neftni qayta işlaş zavodida 50 ming tonna polimer bitum işlab çiqariş yölga qöyiladi. Yil yakuniga qadar işlab çiqariş quvvatini kamida 100 ming tonnaga yetkaziş topşirildi.
Urganç – Xiva pulli yölining asfalt-beton qoplamasida ilk bor geotekstil materiali qöllanildi. Uşbu texnologiya yuklamani teng taqsimlaş, qoplamani deformatsiyadan saqlaş va yölning xizmat muddatini 4-5 yilga uzaytirişga xizmat qiladi.
Mutasaddilarga polimer bitum va geotekstil texnologiyalaridan foydalanişni yöl qurilişi standartlariga kiritiş vazifasi qöyildi.
Kelgusi yildan xalqaro ahamiyatdagi yöllarni quriş va rekonstruksiya qilişda mazkur talab majburiy böladi, keyinçalik davlat va mahalliy ahamiyatdagi yöllarga ham tatbiq etiladi.
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li ishga tushishi bilan yuk tashish hajmi 10 karra oshib, yiliga 15-16 million tonnaga yetishi kutilmoqda. Davlatimiz rahbari milliy temir yo‘l infratuzilmasini shunga mos ravishda rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.
Bugungi kunda temir yo‘llarning 25 foizi to‘liq quvvatda, 15 foizi esa ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda.
2030-yilgacha 545 kilometr yangi temir yo‘l liniyalarini qurish, elektrlashtirilgan yo‘llar ulushini 65 foizga, elektropoyezdlar parkini 31 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Kelgusi yilda Angren – Pop temir yo‘l liniyasi modernizatsiya qilinadi, ushbu yo‘nalishda ikkinchi liniya qurish masalasi ham ko‘rib chiqiladi. Aprel oyidan To‘qimachi – Angren yo‘nalishida ikkinchi temir yo‘l qurilishi boshlanadi.
Shuningdek, Toshg‘uzor – Qumqo‘rg‘on uchastkalarining modernizatsiyasi yakunlanadi, Andijon – Xonobod va Qumqo‘rg‘on – Quduqli yo‘nalishlari to‘liq elektrlashtiriladi, Toshkent – Samarqand yo‘nalishida alohida yuqori tezlikdagi liniya qurishga kirishiladi.
Prezidentimiz xalqaro moliya tashkilotlari va investorlarni umumiy qiymati 8 milliard dollarlik mazkur loyihalarda hamkorlik qilishga chaqirdi.
Yuk vagonlariga bo‘lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Shu bois, vagonlar parkini har yili 5-6 mingtaga ko‘paytirish zarur.
Buning uchun tadbirkorlarga qator yengilliklar yaratiladi.
Xususan, yuk vagonlarini import qilish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi. Temir yo‘l liniyasidan foydalanish to‘loviga 20 foizgacha chegirma beriladi. Xalqaro yuk tashish uchun mahalliy vagonlarni taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi qo‘llaniladi.
Prezidentimiz Jahon banki bilan birgalikda temir yo‘l sohasida yangi tarif siyosati ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
Mutasaddilarga 2027-yildan ushbu siyosatni bosqichma-bosqich tatbiq etishni boshlash topshirildi. Kelgusi yildan har bir yo‘nalish bo‘yicha temir yo‘l liniyasidan foydalanish, lokomotiv va vagon uchun to‘lovlar alohida ko‘rsatiladigan tizimni joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Yangiliklar yangilanmoqda