Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyatining Quva tumanida qiymati 350 mln dollar bölgan Turon Turk maxsus sanoat zonasini taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Loyiha investitsiyalarni jalb qiliş va 5 mingta iş örni yaratişni nazarda tutadi. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
18 noyabr kuni Toşkent şahrida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Heyal Holding kompaniyasi vakili Usmon Heyal bilan uçraşdi. Muzokaralar Özbekiston-Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş kengaşining birinçi yiğilişi doirasida bölib ötdi.
Tomonlar loyihaning joriy holati, quriliş işlarining borişi va uni amalga oşirişning keyingi bosqiçlarini muhokama qildi. Belgilangan muddatlarga rioya qiliş, yuzaga kelayotgan masalalarni hal etiş va hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.
Sanoat zonasini 26 gektar maydonda joylaştiriş rejalaştirilgan. Bu yerda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta işlaş, şuningdek, elektrotexnika, oziq-ovqat va töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişni taşkil etiş közda tutilgan.
Loyiha amalga oşirilişi natijasida 5 mingta yangi iş örni yaratilişi kutilmoqda.