Iqtisod

Farğona Turkiya investori bilan yangi loyihalarni muhokama qildi

Farğona Turkiya investori bilan yangi loyihalarni muhokama qildi
Farğona Turkiya investori bilan yangi loyihalarni muhokama qildi / Foto: Farğona viloyat ma’muriyati matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning Terminal Yapı ve Ticaret Anonim Şirketi kompaniyasi vakili bilan istiqbolli investitsiya loyihalarini muhokama qildi. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya ta’sisçisi Mehmet Alp Delimollaoğlu bilan uçraşuv Toşkentda Özbekiston-Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş kengaşining birinçi yiğilişi doirasida bölib ötdi.

Tomonlar Farğona viloyatida amalga oşirilayotgan loyihalar, yangi taşabbuslarni yölga qöyiş imkoniyatlari va özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş yuzasidan fikr almaşdi.

Turkiyalik investor rejalaştirilayotgan loyihalar, ularni amalga oşiriş bosqiçlari va istiqbollari haqida ma’lumot berdi. Şuningdek, mazkur taşabbuslarning viloyat iqtisodiy salohiyatini rivojlantirişga qöşişi mumkin bölgan hissasi alohida muhokama qilindi.

Xayrullo Bozorov viloyat hokimligi taklif etilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, loyihalarni amalga oşirişda amaliy kömak körsatiş va ularni röyobga çiqariş uçun zarur şaroitlarni yaratişga tayyorligini bildirdi.

Uçraşuv yakunida tomonlar investitsiya takliflarini amalga oşiriş, hamkorlikning yangi yönalişlarini rivojlantiriş va şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş böyiça keyingi qadamlarni muhokama qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.