Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda qişloq xöjaligini yalpi röyxatga olişning birinçi bosqiçi yakunlariga köra, 7,6 mln ta hisob birligi röyxatga olindi.
Ularning foydalanişida 42,5 mln gektar yer maydoni bölgan. Bu haqda Milliy statistika qömitasida ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Bir yillik ekinlar ekilgan yer maydoni 4 213,5 ming gektarni taşkil etdi. Uşbu maydonning 47,4 foizini donli va dukkakli ekinlar, 24 foizini texnik ekinlar, 14,8 foizini ozuqa ekinlari va 8,1 foizini sabzavot ekinlari egallagan.
Mevali boğlar va uzumzorlar maydoni 613 ming gektarga yetdi.
2026 yil 15 yanvar holatiga köra, mamlakatda 12,2 mln boş qoramol, 23,1 mln boş qöy va eçki, şuningdek, 120,9 mln boş parranda mavjud bölgan.
Dehqon va şaxsiy yordamçi xöjaliklarda jami qoramolning 87,1 foizi, qöy va eçkilarning esa 71,3 foizi parvariş qilingan.