Iqtisod

Özbekiston Yaponiyaga qora olxöri yetkazib beruvçi beşta yirik davlat qatoriga kirdi

Özbekiston Yaponiyaga qora olxöri yetkazib beruvçi beşta yirik davlat qatoriga kirdi
Özbekiston Yaponiyaga qora olxöri yetkazib beruvçi beşta yirik davlat qatoriga kirdi / Foto: Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Yaponiyaga qora olxöri yetkazib beruvçi eng yirik beşta davlat qatoriga, mayiz eksporti böyiça esa Yaponiya bozoridagi yetakçi önta mamlakat qatoriga kirdi. Bu haqda ikki davlat örtasidagi savdo hamkorligini rivojlantirişga bağişlangan xabarda keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum böldi.

Mahsulotlar yetkazib beriş hajmini kengaytiriş maqsadida Özbekistonning Yaponiyadagi elçixonasi vakillari Osaka şahrida Yaponiyaning Kurosimo Inc. kompaniyasi boş direktori Kengo Sugie bilan uçraşuv ötkazdi.

Kompaniya Özbekistondan qora mayiz, bodom va grek yonğoğini import qiladi, ularni qayta işlaydi hamda Yaponiyada Gift from Silk Road brendi ostida sotadi.

Mahsulotlar mamlakatning eng yirik savdo tarmoqlaridan biri — Kintetsu Department Store dökonlarida taqdim etilgan. Uçraşuv iştirokçilarining ma’lum qilişiça, ular xaridorlarda qiziqiş uyğotmoqda.

Muzokaralar davomida Yaponiya bozoriga import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga qöyiladigan talablar ham körib çiqildi. Jumladan, yetkazib beruvçilar Yaponiyaning Positive List System tizimi doirasida pestitsidlar qoldiği böyiça belgilangan me’yorlarga rioya qilişi şart.

Mahsulot turiga qarab, ular pestitsidlar, mikotoksinlar, mikrobiologik körsatkiçlar va oziq-ovqat qöşimçalari mavjudligi böyiça laboratoriya tekşiruvlaridan ötkaziladi.

Yangi uzilgan meva-sabzavotlar, uruğlar va ösimlik mahsulotlarining ayrim turlari uçun fitosanitariya talablari belgilangan. Ular tegişli sertifikatlarni oliş va import nazoratidan ötişni öz içiga oladi.

Bundan taşqari, Yaponiya qonunçiligi mahsulotlarni qadoqlaş va markirovkalaş böyiça ham talablarni belgilaydi. Yapon tilidagi yorliqlarda mahsulot nomi va tarkibi, allergenlar, saqlaş şartlari, yaroqlilik muddati, işlab çiqarilgan mamlakat hamda import qiluvçi haqidagi ma’lumotlar körsatilişi kerak.

Yaponiyaning «Oziq-ovqat mahsulotlari sanitariyasi töğrisida»gi qonuniga (Food Sanitation Act) muvofiq, oziq-ovqat mahsulotlarini har bir tijorat maqsadida import qilişda tegişli xabarnoma taqdim etilişi şart.

Uşbu talablarni muhokama qilişdan maqsad Özbekiston mahsulotlarining Yaponiya qoidalariga muvofiqligini ta’minlaş va ularning mamlakat bozoriga yetkazib berilişini yana-da rivojlantirişdan iborat.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.