Iqtisod

Özbekiston Qozoğiston va Xitoyga aviaqatnovlar sonini oşiradi

Özbekiston Qozoğiston va Xitoyga aviaqatnovlar sonini oşiradi
Özbekiston Qozoğiston va Xitoyga aviaqatnovlar sonini oşiradi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Qozoğiston va Xitoyga muntazam aviaqatnovlar sonini oşiriş böyiça kelişuvga erişdi. Jumladan, Toşkentdan Olmaota va Ostonaga amalga oşiriladigan parvozlar çastotasi har bir yönaliş böyiça haftasiga 42 tadan 60 taga yetkaziladi.

Tegişli kelişuvlarga Toşkentda uç mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari örtasida ötkazilgan muzokaralar davomida erişildi.

Muzokaralar 3–5 noyabr kunlari bölib ötgan «Markaziy Osiyo — Xitoy» (C5+1) formatidagi Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik böyiça işçi guruhning uçinçi yiğilişi doirasida taşkil etildi. Tadbirda Özbekiston, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston aviatsiya ma’muriyatlari hamda aviakompaniyalari vakillari iştirok etdi.

Muzokaralar yakunlariga köra, Özbekiston va Qozoğiston aviatsiya ma’muriyatlari ikki mamlakat örtasidagi boşqa barça yönalişlar böyiça ham parvozlar sonini haftasiga 14 tadan 20 taga oşirişga kelişib oldi.

Bundan taşqari, Özbekiston va Xitoy havo qatnovi imkoniyatlarini kengaytirişga kelişdi. Mamlakatlar örtasida ruxsat etilgan muntazam aviaqatnovlar soni haftasiga 100 tadan 114 taga oşiriladi. Erişilgan kelişuvlarni mustahkamlaş maqsadida tomonlar tegişli hujjatlarni imzoladi.

Yiğiliş iştirokçilari «Havo ipak yöli»ni birgalikda taşkil etiş töğrisidagi kelişuvni amalga oşiriş, aviatsiya sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantiriş, havo transporti bozorini liberallaştiriş va normativ-huquqiy bazani uyğunlaştiriş masalalarini muhokama qildi. Kun tartibidan ilğor texnologiyalarni joriy etiş va tajriba almaşiş masalalari ham örin oldi.

Fuqaro aviatsiyasi infratuzilmasini rivojlantiriş, parvozlar xavfsizligini ta’minlaş, “yaşil” va “aqlli” texnologiyalarni qöllaş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda yuqori darajadagi muntazam uçraşuvlar mexanizmini yaratişga alohida e’tibor qaratildi.

Kutilişiça, aviaqatnovlar kölamining kengayişi Özbekistonning transport boğliqligini kuçaytiradi, yölovçilar uçun safar imkoniyatlarini kengaytiradi hamda savdo-iqtisodiy va turistik aloqalar rivojiga xizmat qiladi.

Işçi guruhning törtinçi yiğilişini 2027 yilda Qirğizistonda ötkaziş rejalaştirilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.