Iqtisod

Özbekiston va Wabtec temir yöllarni modernizatsiya qilişni muhokama qildi

Özbekiston va Wabtec temir yöllarni modernizatsiya qilişni muhokama qildi
Özbekiston va Wabtec temir yöllarni modernizatsiya qilişni muhokama qildi / Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 5 noyabr kuni Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Amerikaning Wabtec kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar ötkazdi.

Tomonlar temir yöl sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, infratuzilmani modernizatsiya qiliş va mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Uçraşuvda Wabtec kompaniyasining MDH mamlakatlari va Mongoliya böyiça katta mintaqaviy vitse-prezidenti Kanat Alpisbayev hamda kompaniyaning davlat tuzilmalari bilan xalqaro aloqalar va loyihalarni moliyalaştiriş böyiça boşqaruvçi direktori Lars Xikki iştirok etdi.

Muzokaralar davomida sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va Özbekistonda servis xizmatlari körsatiş quvvatlarini rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Iştirokçilar temir yöl infratuzilmasini modernizatsiya qiliş masalasiga ham alohida e’tibor qaratdi.

Muhokamalarning yana bir yönalişi temir yöl sohasi uçun muhandis kadrlar tayyorlaş böldi.

Tomonlar uşbu yönalişdagi hamkorlikni mustahkamlaş, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etiş va mutaxassislarning malakasini oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Uçraşuv yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlarni amaliy jihatdan röyobga çiqariş yuzasidan keyingi qadamlar belgilab olindi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.