Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Qirğiziston qişloq xöjaligida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş hamda agrar sohada qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi xabar berdi.
Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi raisining örinbosari — suv resurslari, qişloq xöjaligi va qayta işlaş sanoati vaziri Erlist Akunbekov bilan uçraşuv ötkazdi.
Tomonlar agrar sektorning istiqbolli yönalişlarida investitsiyalarni jalb qiliş, qöşma loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdilar.
Kartoşkaçilik sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, tajriba almaşiş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, qişloq xöjaligiga raqamli texnologiyalarni joriy etiş va uruğçilik tizimini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, çorvaçilik sohasidagi hamkorlik istiqbollari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, naslçilik işlarini takomillaştiriş va uşbu yönalişda qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.
Uçraşuv iştirokçilari investitsiyalarni jalb qiliş, çorvaçilikni rivojlantiriş, şuningdek, mahsulotlarni birgalikda işlab çiqariş va qayta işlaş böyiça takliflarni ilgari surdilar.
Vazirlikda ta’kidlanişiça, tomonlar hamkorlikni rivojlantiriş va uni aniq amaliy loyihalar bilan boyitiş niyatida.