Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Bekobod şahri va Xorazm viloyatining Xazarasp tumanida umumiy qiymati 200,9 mln sömlik dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni noqonuniy sotiş bilan boğliq ikki holat aniqlandi. Har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatildi. Bu haqda Özbekiston Boş prokuraturasi huzuridagi Departament xabar berdi.
Bekobod şahrida Departamentning şahar bölimi xodimlari boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazdi.
Tadbir davomida fuqaro J.R. boşqa şaxsga qiymati 135 mln söm bölgan 100 quti dori vositasini sotayotgan vaqtida uşlandi. Unda preparatlarning sifatini tasdiqlovçi hujjatlar bölmagan.
Ikkinçi holat Departamentning Xazarasp tumani bölimi xodimlari tomonidan aniqlandi. Fuqaro Ya.E. fuqaro I.I.ga tibbiy mahsulotlar partiyasini sotayotgan vaqtida qölga olindi.
Uşbu partiya tarkibida beş turdagi 28 280 dona dori vositasi va 10 500 dona şpris bölgan. Mahsulotlar partiyasining umumiy qiymati 65,9 mln sömni taşkil etgan.
Har ikki holat böyiça Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
=