Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston delegatsiyasi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori Tohir Nazarov boşçiligida Kanadada Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkilotining (ICAO) Havo transporti böyiça yettinçi Jahon konferensiyasida iştirok etmoqda. Bu haqda “Özaviatsiya” agentligi xabar berdi.
ATConf/7 konferensiyasi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkilotining (ICAO) Monrealdagi boş qarorgohida bölib ötmoqda. Unda aviatsiya ma’muriyatlari, xalqaro taşkilotlar va jahon aviatsiya sohasining yetakçi kompaniyalari vakillari qatnaşmoqda.
Tadbirda asosiy e’tibor xalqaro havo qatnovining kelgusi rivojlanişini belgilab beruvçi strategik masalalarga qaratilgan.
Şuningdek, 2026 yil 19 noyabrda ICAO Assambleyasining navbatdan taşqari sessiyasi boşlanişi rejalaştirilgan.
Unda taşkilot Kengaşi a’zolari sonini 36 nafardan 40 nafargaça oşiriş masalasini körib çiqiş möljallangan.
Özbekistonning konferensiya va Assambleya tadbirlarida iştiroki fuqaro aviatsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan. Şuningdek, bu iştirok boşqa davlatlar va ixtisoslaşgan xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlaşni nazarda tutadi.
“Özaviatsiya” agentligi ma’lumotlariga köra, mazkur tadbirlarda iştirok etiş Özbekistonga jahon havo transportini rivojlantirişning strategik yönalişlarini muhokama qiliş jarayonida öz manfaatlarini ilgari suriş imkonini beradi.