Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Töqimaçilik aksessuarlari işlab çiqaruvçi Virtus Tricot kompaniyasi Toşkent şahrining Yangixayot tumanida joylaşgan «Yangi Avlod» maxsus sanoat zonasidan 1 gektar yer maydonini tanladi.
Bu yerda kompaniya yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etadi. Yer uçastkasi kompaniya rahbariyati va “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi vakillarining sanoat zonasi rahbariyati bilan uçraşuvi yakunlari böyiça belgilandi. Bu haqda “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi xabar berdi.
Uçraşuvda tomonlar korxona faoliyatini kengaytiriş masalalarini muhokama qilib, yangi loyihani işga tuşirişning keyingi bosqiçlarini kelişib oldilar.
Virtus Tricot kompaniyasi 2012 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Korxona töqimaçilik sanoati uçun yoqalar, manjetlar, elastik va jakkard tasmalar, arqonlar, kamarlar, törlar hamda boşqa turdagi mahsulotlar işlab çiqaradi.
Uyuşma baholaşiça, loyihaning amalga oşirilişi kompaniyaning işlab çiqariş imkoniyatlarini kengaytiriş va mamlakat töqimaçilik sanoatidagi mahsulotlar turini köpaytirişga xizmat qiladi.
“Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi mamlakat töqimaçilik korxonalarining işlab çiqariş salohiyatini oşiriş, yangi quvvatlarni taşkil etiş va tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş böyiça işlarni davom ettirmoqda.