Milliy statistika qömitasi 2017–2025-yillar uçun yalpi ichki mahsulotning yillik va çoraklik körsatkiçlarini qayta hisobladi. Qayta hisoblaş BMT Milliy hisoblar tizimi standartlari asosida ötkazildi. Unda aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş natijalari hamda korxonalarning yangilangan hisobotlari inobatga olindi.
Yangi ma’lumotlarga köra, 2025-yilgi YaIM avvalgi 1 849,7 trln söm (147 mlrd dollar) örniga 2 126,8 trln sömni (169 mlrd dollar) taşkil etdi. Farq 277,1 trln söm yoki 15,0% ni taşkil qildi. Aholi jon boşiga YaIM 3 881 dollardan 4 373 dollargaça qayta körib çiqildi.
Nominal YaIMning qayta baholanişi qöşimça real ösişni anglatmaydi. 2017-yildan boşlab butun qator qayta hisoblangan. Şu sababli 2025-yilgi real ösiş sur’ati 7,7% dan 7,8% gaça özgardi.
Farqning yarmidan köpi (57,9%) korxonalar böyiça yangilangan ma’lumotlar hisobiga töğri keldi. Qişloq xöjaligini röyxatga oliş 29,0% ni, aholini röyxatga oliş esa 13,1% ni berdi. Tarmoqlar kesimida ösişning yarmi xizmatlar sohasiga töğri keldi. Yalpi hududiy mahsulot barça hududlarda ösdi: Navoiy viloyatida +7,6% dan Samarqand viloyatida +22,4% gaça.