O'zbekistonning 2026-yil yanvar-iyun oylaridagi tashqi savdo aylanmasi $41 mlrdga yetdi (+7,4%), ammo bu o'sish ortida xavotirli signal yashiringan: import 21% ga oshib $25,1 mlrdga, eksport esa 8,8% ga kamayib $15,9 mlrdga tushdi.
Savdo tanqisligi bir yilda deyarli uch barobar oshdi — $3,4 mlrddan $9,3 mlrdgacha.
Eksport pasayishining asosiy sababi — nomonétar oltin yetkazib berishining 4 barobar qisqarishi. Oltinsiz qolgan eksport esa 28,7% ga o'sdi.
Xitoy va Rossiya mamlakat importining yarmini ta'minlaydi, xizmatlar eksporti (asosan turizm) esa birinchi marta $6 mlrddan oshdi.
Tovarlar, davlatlar va xizmatlar bo'yicha to'liq tahlil — infografikada.