O'zbekiston iqtisodiyoti tez sur'atlarda o'smoqda: Davlat statistika qo'mitasining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yil yanvar-iyun oylarida YaIM 1 072,7 trln so'mni tashkil etdi — real ko'rsatkichda 8,5% o'sish, so'nggi besh yildagi eng yuqori sur'at.
Umumiy natijaga eng katta hissani Toshkent shahri, Navoiy va Toshkent viloyatlari qo'shdi — jami mamlakat YaIMining 41% dan ortig'i.
Shu bilan birga, hududlar o'rtasidagi tafovut katta: Navoiy viloyatida aholi jon boshiga YAIM Surxondaryoga qaraganda deyarli 9 barobar yuqori. Iqtisodiyotdagi qo'shilgan qiymatning yarmini kichik biznes yaratmoqda.
Tarmoqlar va hududlar bo'yicha to'liq tahlil — infografikada.