Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Toşkent” respublika fond birjasi rasmiy veb-sayti — uzse.uz platformasini yangiladi.
Özgarişlar sayt dizayni, navigatsiyasi va texnik infratuzilmasini qamrab oldi. Yangilaniş birjaning yangi raqamli portalini yaratiş yölidagi birinçi bosqiç böldi. Uning funksional imkoniyatlari investorlar, emitentlar va bozorning professional iştirokçilari uçun elektron xizmatlarni joriy etiş hisobiga kengaytiriladi.
Yangilangan saytda turli toifadagi foydalanuvçilar ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot tuzilmasi takomillaştirildi. Bu zarur ma’lumotlarni izlaşni osonlaştiriş va saytdan foydalaniş jarayonini qulaylaştiriş imkonini beradi.
Şu bilan birga, saytning texnik infratuzilmasi ham optimallaştirildi. Jumladan, serverda keşlaş tizimi joriy etildi, ma’lumotlar bazasiga ortiqça sörovlar soni kamaytirildi va avtomatlaştirilgan bot-trafikdan himoya kuçaytirildi. Çeck-Host servisi yordamida ötkazilgan tekşiruv natijalariga köra, boş sahifaning javob qaytariş vaqti bir sekunddan kamni taşkil etdi.
Birja xizmatlarini raqamlaştirişning yangi bosqiçi
Ayni paytda birja yangi raqamli portal işlab çiqişga kirişdi. Uni yaratişda yangilangan saytning axborot tuzilmasi va navigatsiya tamoyillarini saqlab qoliş, şu bilan birga, ularni yangi vositalar va elektron xizmatlar bilan töldiriş rejalaştirilgan.
Investorlar uçun şaxsiy kabinetlar, virtual investitsiya portfellari, aksiyalar va obligatsiyalarni tahlil qiliş vositalari, şuningdek, daromadlilik kalkulyatorlarini joriy etiş közda tutilgan. Bu yeçimlar foydalanuvçilarga zarur ma’lumotlarni oliş va moliyaviy hisob-kitoblarni raqamli formatda amalga oşiriş imkonini beradi.
Emitentlar va bozorning professional iştirokçilari uçun listingga arizalarni elektron şaklda taqdim etiş, qimmatli qoğozlar çiqarilişini modellaştiriş vositalari hamda birlamçi joylaştiriş bilan boğliq elektron xizmatlarni joriy etiş rejalaştirilmoqda.
Yangi portalni işlab çiqişda kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qiliş masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Tizim arxitekturasi ruxsatsiz avtomatlaştirilgan sörovlarni çeklaş va taşqi axborot tizimlari bilan xavfsiz integratsiyani ta’minlaş çoralarini nazarda tutadi.
Şunday qilib, rasmiy saytning yangilanişi “Toşkent” respublika fond birjasining raqamli infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça izçil işlarning bir qismi hisoblanadi.
Yangi portal birja xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, bozor iştirokçilari örtasidagi hamkorlikni soddalaştiriş, moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qiliş va investitsiya qarorlarini qabul qiliş uçun qöşimça vositalar taqdim etişga qaratilgan.