O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Birjalar

"Toshkent" RFB va ACWA Power aksiyalarni joylashtirishni muhokama qilishdi

Dilafro'z Niyazova · 17.08.2026 · 19:35 · 6 views
"Toshkent" RFB va ACWA Power aksiyalarni joylashtirishni muhokama qilishdi
RBF "Toshkent" va ACWA Power aksiyalarni joylashtirishni muhokama qilishdi / Foto: "Toshkent" RFB.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — "Toshkent" Respublika fond birjasi va ACWA Power Co. kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati, amalga oshirilgan va joriy energetika loyihalari, shuningdek, fond bozori mexanizmlaridan foydalanish orqali investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar chog‘ida ACWA Power Co. qimmatli qog‘ozlarini "Toshkent" RFBda joylashtirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, kompaniya aksiyalarini fond birjasida joylashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, kompaniya vakillariga O‘zbekiston kapital bozorida moliyaviy instrumentlar turini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, xorijiy valyutada nominallangan obligatsiyalar hamda sukuk kabi yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

Ushbu instrumentlarning joriy etilishi kelgusida kapital bozoridagi moliyaviy mahsulotlar turini kengaytirish, mahalliy va xorijiy emitentlar uchun moliyalashtirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini yaratish hamda investorlarga yangi investitsiya instrumentlarini taklif etishga xizmat qilishi kutilmoqda.
ACWA Power — qayta tiklanuvchi energiya manbalari, elektr energiyasini saqlash tizimlari hamda "yashil" vodorod yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan xalqaro energetika kompaniyasi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada o‘rganish va amaliy muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.