Birjalar

Birjada ipoteka obligatsiyalari bo‘yicha ikkinchi bitim amalga oshirildi

Birjada ipoteka obligatsiyalari bo‘yicha ikkinchi bitim amalga oshirildi
Birjada ipoteka obligatsiyalari bo‘yicha ikkinchi bitim amalga oshirildi / Foto: "Toshkent" Respublika fond birjasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “Toshkent” Respublika fond birjasida «O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJ huzurida tashkil etilgan «UMRC SPV» MCHJ tomonidan chiqarilgan ipoteka obligatsiyalari bo‘yicha ikkinchi birja bitimi amalga oshirildi.

Bitim O‘zbekiston Prezidentining 2025 yil 21 fevraldagi PF–26-sonli «Uy-joy va ipoteka bozorini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Yopiq obuna orqali joylashtirish jarayonida “Agrobank” ATB 40,14 milliard so‘mlik ipoteka obligatsiyalarini xarid qildi.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur bitim Prezident farmonida nazarda tutilgan ipoteka obligatsiyalarini bosqichma-bosqich joylashtirish mexanizmining izchil amalga oshirilayotganini tasdiqlaydi.

Manba maʼlumotiga ko‘ra, bunday qimmatli qog‘ozlarni bosqichma-bosqich joylashtirish kapital bozorida ipoteka bilan taʼminlangan obligatsiyalar segmentini rivojlantirish, uzoq muddatli moliyalashtirish manbalarini kengaytirish hamda ipoteka bozorida zamonaviy moliyaviy mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.