Shoshilinch
Birjalar

“Toşkent” respublika fond birjasida savdolar hajmi 2,75 trln sömni taşkil etdi

“Toşkent” respublika fond birjasida savdolar hajmi 2,75 trln sömni taşkil etdi
“Toşkent” respublika fond birjasida savdolar hajmi 2,75 trln sömni taşkil etdi / Foto: “Toşkent” respublika fond birjasi..

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Sentyabr oyi yakunlariga köra, “Toşkent” respublika fond birjasida (RFB “Toşkent”) 72 ta emitentning qimmatli qoğozlari bilan amalga oşirilgan savdolar hajmi 2,34 trillion sömni taşkil etdi. Bitimlarning umumiy soni esa 198 106 taga yetdi.

Birjadan taşqari savdo maydonçasidagi aylanma 409,55 milliard sömni taşkil qildi. Birja va birjadan taşqari savdolarning umumiy hajmi qariyb 2,75 trillion sömga yetdi.

Birja kotirovka varağiga kiritilgan qimmatli qoğozlar bilan tuzilgan bitimlarning örtaça kunlik soni 9 434 tani, örtaça kunlik savdo hajmi esa 111,26 milliard sömni taşkil etdi.

Oy davomida aksiyalarning bozor kapitallaşuvi 6,99 trillion sömga yoki 0,86 foizga oşib, 819,91 trillion sömga yetdi. Bu 69,36 milliard AQŞ dollariga teng.

Erkin muomaladagi aksiyalarning (free-float) kapitallaşuvi 11,23 trillion sömni yoki 949,82 million AQŞ dollarini taşkil etdi.

Sentyabr oyi yakunlariga köra, birja kotirovka varağidan 86 ta emitentning 144 ta moliyaviy instrumenti örin oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.