Birjalar

Toshkent fond birjasi Regnology bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent fond birjasi Regnology bilan hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent fond birjasi Regnology bilan hamkorlikni muhokama qildi / Foto: Toshkent Respublika fond birjasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “Toshkent” Respublika fond birjasida bozorga oid hisobotlarni shakllantirish va moliyaviy ma’lumotlarni raqamlashtirish sohasidagi yetakchi RegTech kompaniyalaridan biri — Regnology vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda bozor infratuzilmasini yanada takomillashtirish, jumladan, korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan kliring operatsiyalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni boshqarish mexanizmlarini rivojlantirish, shuningdek, bozorga oid hisobotlarni raqamlashtirish va standartlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy platformani joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishlarda tajriba almashish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.

Regnology — banklar, moliyaviy institutlar va davlat organlari uchun hisobotlarni raqamlashtirish, xatarlarni boshqarish, soliq va moliyaviy hisobot yuritish bo‘yicha raqamli yechimlar ishlab chiquvchi xalqaro texnologiya kompaniyasi. Kompaniyaning yechimlari dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida qo‘llaniladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.