O‘zbekiston

O‘zbekiston TIV Makka shahri tomon yo‘naltirilgan dron hujumini qoraladi

O‘zbekiston TIV Makka shahri tomon yo‘naltirilgan dron hujumini qoraladi
O‘zbekiston TIV Makka shahri tomon yo‘naltirilgan dron hujumini qoraladi / Foto: Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoni Podshohligidagi muqaddas Makka shahri tomon yo‘naltirilgan uchuvchisiz uchish apparati yordamida hujum uyushtirishga bo‘lgan urinishni qatʼiyan qoraladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston tomoni Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan to‘liq hamjihatligini bildirdi va muqaddas qadamjolar, tinch aholi hamda fuqarolik infratuzilmasiga tahdid soluvchi har qanday harakatni nomaqbul deb hisoblashini taʼkidladi.

Vazirlik barcha tomonlarni o‘ta vazminlik namoyon etishga, xalqaro huquq normalariga qatʼiy rioya qilishga, shuningdek, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi.

TIV, shuningdek, keskinlikni pasaytirish, mojaroning yana-da kengayib ketishining oldini olish hamda mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.