Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning qator hududlarida turizm, madaniyat, madaniy meros, ommaviy kommunikatsiyalar, qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek, rasmiy delegatsiyalar tashriflari masalalariga masʼul yangi rahbar o‘rinbosarlari tayinlandi.
Dilobar Kattabekova Sirdaryo viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Guliston davlat universitetida masʼul lavozimda ishlagan.
Ajiniyaz Qaypnazarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Unga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligida masʼul xodim sifatida faoliyat yuritgan.
Rustamjon Egamberdiyev Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi. U bunga qadar Xo‘jaobod tumani hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Xondamir Axunboboyev Namangan viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» davlat muassasasiga rahbarlik qilgan.
Namangan viloyati hokimining yana bir o‘rinbosari etib Azizbek Abdusalomov tayinlandi. U qishloq va suv xo‘jaligi masalalariga masʼul bo‘ladi va bir vaqtning o‘zida viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga rahbarlik qiladi. Abdusalomov bunga qadar Mingbuloq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Samarqand viloyatida Rustam Qobilov rasmiy delegatsiyalar tashriflari masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari etib tayinlandi. Unga qadar u viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Jo‘rabek Suyunov Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar viloyat turizm boshqarmasiga rahbarlik qilgan.