Texnologiyalar

O‘zbekiston internet tezligi reytingida uch pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston internet tezligi reytingida uch pog‘ona yuqoriladi
O‘zbekiston internet tezligi reytingida uch pog‘ona yuqoriladi / Foto: Speedtest Global Index.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston avgust oyida Speedtest Global Index internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida ham mobil, ham simli internet bo‘yicha uch pog‘ona yuqoriladi. Simli internet tezligi bo‘yicha mamlakat MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Bir oy davomida mobil tarmoqlarda maʼlumotlarni yuklab olishning o‘rtacha tezligi 62,42 Mbit/s dan 65,27 Mbit/s gacha oshdi. Shu fonida O‘zbekiston jahon reytingida 75-o‘rindan 72-o‘ringa ko‘tarildi.

So‘nggi besh yilda mamlakat mobil internet tezligi bo‘yicha o‘z mavqeini 65 pog‘onaga yaxshiladi.

2026 yil boshidan buyon O‘zbekistonda mobil internet tezligi ham sezilarli oshdi. Sakkiz oy davomida maʼlumotlarni yuklab olishning o‘rtacha tezligi 27 foizga oshib, 51,42 Mbit/s dan 65,27 Mbit/s gacha yetdi.

Avgust oyida simli internet ko‘rsatkichi ham oshdi — 94,23 Mbit/s dan 94,50 Mbit/s gacha. 2025 yil dekabridagi maʼlumotlar bilan solishtirganda, O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida 76-o‘rindan 73-o‘ringa ko‘tarildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.