Sport

O‘zbekiston Parashaxmat olimpiadasida ilk bor bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Parashaxmat olimpiadasida ilk bor bronza medalini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Parashaxmat olimpiadasida ilk bor bronza medalini qo‘lga kiritdi / Foto: Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Samarqandda o‘tkazilayotgan 3-Parashaxmat olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi, yettinchi turda O‘zbekiston-1 jamoasi Isroil terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, jamoa 11 ochko to‘plab, uchinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada 36 davlatdan 41 jamoa va 164 nafar yetakchi shaxmatchi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston turnirda uchta tarkib bilan qatnashmoqda.

Parashaxmat olimpiadasi g‘olibligini Polsha terma jamoasi qo‘lga kiritdi, Kuba jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston 11 ochko bilan turnirni yakunlab, o‘z tarixida ilk bor Parashaxmat olimpiadasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Samarqandda o‘tkazilayotgan joriy Parashaxmat olimpiadasi ishtirok etayotgan jamoalar va sportchilar soni bo‘yicha ham rekord natija qayd etdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.