Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi XX yozgi Osiyo o‘yinlari — Aichi-Nagoya-2026 musobaqalarida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibini eʼlon qildi. Musobaqalarda O‘zbekistonning olti nafar sportchisi ishtirok etadi.
Erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda O‘zbekiston nomidan besh nafar og‘ir atletikachi ishtirok etadi. 65 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Adhamjon Ergashev, 75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida esa Diyorbek Ro‘zmetov ishtirok etadi.
85 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Hasanboy Berdiyev, 95 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Muhammadqodir Toshtemirov bahs olib boradi. 110 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida esa Olimpiada chempioni Akbar Jo‘rayev ishtirok etadi.
Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda O‘zbekiston nomidan 53 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Nigora Abdullayeva ishtirok etadi.
Shunday qilib, Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibidan besh nafar erkak va bir nafar ayol joy oldi.
XX yozgi Osiyo o‘yinlari Aichi-Nagoya-2026 Yaponiyada 2026 yil 19 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.