Shoshilinch
Sport

Muydinxo‘jayev va Ummataliyev professional ringda jang qiladi

Muydinxo‘jayev va Ummataliyev professional ringda jang qiladi
Muydinxo‘jayev va Ummataliyev professional ringda jang qiladi / Foto: O'zbekiston boks federatsiyasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Olimpiya chempioni va uch karra jahon chempioni Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev 26 sentyabr kuni Homestretch turniri doirasida professional ringda navbatdagi jangini o‘tkazadi. Uning raqibi nomi keyinroq maʼlum qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar berdi.

Jahon chempioni Javohir Ummataliyev ham professional darajadagi faoliyatini davom ettiradi. Uning navbatdagi jangi 17 oktyabr kuni London shahridagi O2 arenasida bo‘lib o‘tadigan Daniel Dubois – Fabio Wardley 2 turniri doirasida tashkil etiladi. Ummataliyevning raqibi hozircha maʼlum qilinmagan.

Har ikki bokcchi ham professional ringda ikkitadan jang o‘tkazib, har ikki bahsda ham g‘alaba qozongan.

Bo‘lajak janglar Muydinxo‘jayev va Ummataliyevning professional faoliyatidagi navbatdagi bellashuvlari bo‘ladi. O‘zbekiston Boks federatsiyasi sportchilarga omad va yangi g‘alabalar tiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.