7
Sport

Polina Kudermetova va Kamilla Rahimova Ningbo Open turnirining asosiy to‘riga yo‘l oldi

Polina Kudermetova va Kamilla Rahimova Ningbo Open turnirining asosiy to‘riga yo‘l oldi
Polina Kudermetova va Kamilla Rahimova Ningbo Open turnirining asosiy to‘riga yo‘l oldi / Foto: O'zbekiston tennis federatsiyasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik tennischilar Polina Kudermetova va Kamilla Rahimova Xitoyning Ninbo shahrida xard qoplamali kortlarda o‘tkazilayotgan WTA 500 toifasidagi BNB Ningbo Open turnirining asosiy to‘riga yo‘l oldi. Har ikki sportchi saralash bosqichida ikkitadan g‘alabaga erishdi.

Saralashning birinchi bosqichida Polina Kudermetova 11-raqam ostida saralangan Tailand vakili Mananchaya Savangkayevani 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Saralashning hal qiluvchi uchrashuvida esa o‘zbekistonlik tennischi Anastasiya Zaxarovani 6:3, 6:3 hisobida yengdi.

Kamilla Rahimova ham saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. U birinchi davrada ukrainalik tennischi Dayana Yastremskayani 6:2, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Saralashning hal qiluvchi bahsida Rahimova rossiyalik Tatyana Prozorova bilan uchrashib, uch set natijasiga ko‘ra 7:6 (4), 4:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, O‘zbekistonning har ikki vakili Ninboda o‘tayotgan turnirning asosiy to‘ridan joy oldi. Rahimova saralashning birinchi bosqichida mag‘lub etgan Dayana Yastremskaya uchun «Katta dubulg‘a» turnirlaridagi eng yaxshi natija 2024 yilda Australian Open musobaqasining yarim finaliga chiqish bo‘lgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.