Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yilgi Parij Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova bugun Qozog‘istonning Aqtau shahrida boshlanadigan Aktau Asian Open 2026 xalqaro dzyudo turnirida ishtirok etadi.
Sportchi ikki yillik musobaqalar tanaffusidan so‘ng 52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bellashadi.
Musobaqada O‘zbekiston sharafini 25 nafar dzyudochi himoya qiladi. Turnir 18 oktyabrga qadar davom etadi.