Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Polina Kudermetova Pekinda o‘tkazilayotgan WTA 1000 toifasidagi China Open turniridagi ishtirokini yakunladi.
Turnirning uchinchi bosqichida Kudermetova musobaqaning to‘rtinchi raqamli saralangan tennischisi, rossiyalik Mirra Andreyevaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv Andreyevaning 6:4, 6:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuv 1 soat 8 daqiqa davom etdi.
Shu tariqa, Andreyeva turnirning to‘rtinchi bosqichiga yo‘l oldi. Uning keyingi raqibi Ukraina vakili Darya Singur hamda avstraliyalik Tayla Preston o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bo‘ladi.
China Open turniri Pekin shahrida xard qoplamali maydonlarda o‘tkazilmoqda. Musobaqaning sovrin jamg‘armasi 9,4 mln dollarni tashkil etadi.