Sport

Özbekiston futzal terma jamoasi Tojikistonni 3:0 hisobida mağlub etdi

Özbekiston futzal terma jamoasi Tojikistonni 3:0 hisobida mağlub etdi
Özbekiston futzal terma jamoasi Tojikistonni 3:0 hisobida mağlub etdi / Foto: Özbekiston futzal federatsiyasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston futzal terma jamoasi yangi boş murabbiy Baxodir Ahmedov qöl ostidagi ilk örtoqlik uçraşuvida Tojikiston terma jamoasini 3:0 hisobida mağlub etdi. Uçraşuv 8 noyabr kuni Toşkent şahrida bölib ötdi.

Bellaşuv Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar markazining sport zalida, tomonlarning özaro kelişuviga muvofiq, tomoşabinlar iştirokisiz ötkazildi.

Uçraşuvning 3-daqiqasida Behruz Samiyev hisobni oçdi. 17-daqiqada Quvonçbek Jahonov mezbonlar ustunligini ikki karra oşirdi.

40-daqiqada esa Samiyev dubl qayd etib, uçraşuvning yakuniy hisobini örnatdi. Şu tariqa, Özbekiston terma jamoasi Baxodir Ahmedov rahbarligidagi ilk uçraşuvni ğalaba bilan boşladi.

Uçraşuvni Qirğiz Respublikasidan taklif etilgan hakamlar Timurbek Töxtabayev va Nurbek Arstanbay uulu boşqarib bordi.

Özbekiston terma jamoasining asosiy tarkibidan Jasur Rizbonov, Ilhom Hamroyev, Behruz Samiyev, Husniddin Nişonov va Davron Çoriyev örin oldi. Zaxira öyinçilari safida Abbos Elmurodov, Anasxon Rahmatov, Eldor Nigmatov, Fazliddin Botirov, Aslibek Vafoyev, Abdulboriy Ilyosov, Sunnatilla Jörayev, Quvonçbek Jahonov va Tohir Abdukarimov böldi.

Tojikiston terma jamoasi esa uçraşuvni Nuriddin Jabborov, Nasratşo Ismoilov, Samandar Rizomov, Muhammad Rajabov va Nekruz Idiyev tarkibida boşladi.

Zaxira örindiğidan Firuz Bekmurodov, Amirjon Rahimov, Muhammad Avğonov, Baxodir Xöjayev, Muhammad Şaripov, Umed Qoziyev, Siyovuş Qayumov, Xusrav Xoliqnazarov va Dilşod Salomov joy oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.