Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Lasselsberger Group boş direktori Yozef Lasselsberger bilan uçraşdi.
Uçraşuvda quriliş materiallari işlab çiqarişga investitsiyalar jalb qiliş va viloyatda zamonaviy işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Lasselsberger Group Yevropaning quriliş materiallari işlab çiqaruvçi yetakçi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.
Muzokaralar davomida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş, kompaniyaning xalqaro tajribasi va ilğor texnologiyalaridan foydalangan holda viloyatda yangi işlab çiqariş loyihalarini yölga qöyiş istiqbollari körib çiqildi. Mahalliy xomaşyo resurslaridan samarali foydalanişga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar istiqbolli yönalişlar böyiça fikr almaşib, özaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.
Lasselsberger Group 1957 yilda taşkil etilgan bölib, bugungi kunda 26 ta mamlakatda 62 ta filialga ega.
Özbekistonda kompaniya bilan hamkorlikda quriliş materiallarini işlab çiqariş va qayta işlaşga qaratilgan bir qator investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Uşbu loyihalar Toşkent viloyatidan taşqari Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarini ham qamrab olgan.