Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan Saudiya Arabistoniga bordi.
Tashrif dasturidan Ar-Riyod shahrida qirollikning rasmiy doiralari va kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan. Asosiy eʼtibor investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratiladi.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda investitsiya sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirmoqda. O‘zaro tashriflar va yuqori darajadagi uchrashuvlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng yirik investitsiya kirituvchi davlatlar qatoriga ham kiradi.
Mamlakatlar xalqaro maydonlarda, jumladan, Islom hamkorlik tashkiloti doirasida ham o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda.