Iqtisod

Xitoy kompaniyasi tuxumdagi jöjalar jinsini 98 foizdan yuqori aniqlikda belgilaydi

Xitoy kompaniyasi tuxumdagi jöjalar jinsini 98 foizdan yuqori aniqlikda belgilaydi
Xitoy kompaniyasi tuxumdagi jöjalar jinsini 98 foizdan yuqori aniqlikda belgilaydi / Foto: Özbekiston Savdo-sanoat palatasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Ningxia Xiaoming Agriculture & Animal Husbandry Co., Ltd. kompaniyasi tuxum içidagi embrion jinsini 98 foizdan yuqori aniqlikda aniqlaş texnologiyasini işlab çiqdi. Bu haqda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.

Mazkur texnologiya bilan Savdo-sanoat palatasi raisining örinbosari Şerzod Ibragimov boşçiligidagi özbekistonlik çorvadorlar delegatsiyasi tanişdi. Taşrif çorvaçilikni rivojlantiriş böyiça Xitoy tajribasini örganiş doirasida taşkil etildi.

Delegatsiya Inçuan şahridagi korxonaga taşrif buyurdi. Kompaniya nasldor parrandalarni yetiştiriş, genetika va seleksiya, tuxumlarni inkubatsiya qiliş hamda bir kunlik jöjalarni işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.

Korxona 2011 yilda taşkil etilgan. 2021 yilda kompaniya IPO ötkazib, Şençjen fond birjasining ÇiNext platformasiga çiqdi. U Xitoyning bir neçta mintaqasida nasldor parrandaçilik bazalari, inkubatsiya markazlari va ixtisoslaştirilgan işlab çiqariş quvvatlariga ega.

Kompaniya ma’lumotlariga köra, 2025 yilda u parrandaçilik mahsulotlarining 278,4 million donasini sotgan. Xitoy tijorat jöjalari bozoridagi uluşi taxminan 25 foizni taşkil etgan.

Taqdim etilgan texnologiyalardan biri tuxumni oçmasdan turib, uning içidagi embrion jinsini aniqlaş uçun sun’iy intellekt va giperspektral vizualizatsiya texnologiyasidan foydalanadi. Tizim inkubatsiyaning 13-kunidayoq 98 foizdan yuqori aniqlikda natija oliş imkonini beradi.

Tuxumlarni avtomatik tekşiriş va saralaş inkubatsiya jarayonini optimallaştiriş, qöşimça xarajatlarni qisqartiriş va parrandaçilik korxonalari resurslaridan yana-da oqilona foydalanişga yordam beradi.

Kompaniya, şuningdek, nasldor parrandalarni yetiştiriş, tuxumlarni inkubatsiya qiliş va tayyor jöjalarni yetkazib beriş jarayonlarini yagona işlab çiqariş tizimiga birlaştirgan. Korxona ma’lumotlariga köra, bunday iş jarayoni genetik material sifatini nazorat qiliş va işlab çiqariş barqarorligini ta’minlaydi.

Taşrif davomida tomonlar Xitoy tajribasini Özbekistonda qöllaş, zamonaviy inkubatsiya texnologiyalarini joriy etiş va nasldor parrandaçilikni rivojlantiriş imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Şuningdek, Xitoy kompaniyasi bilan texnologik va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari ham körib çiqildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.