Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistondan borgan çorvadorlar delegatsiyasi Xitoydagi zamonaviy Lin’u sutçilik klasterining faoliyati bilan tanişdi.
Safar Özbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi kömagida taşkil etildi. Bu haqda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Taşrif davomida fermerlar naslçilik bazasida qöllaniladigan biotexnologiyalar, yuqori mahsuldor qoramollarni köpaytiriş usullari va sutni qayta işlaşdagi zamonaviy yeçimlar bilan tanişdilar.
Lin’u naslçilik bazasida çorva mollarining genetik salohiyatini yaxşilaş va yuqori mahsuldor zotlarni köpaytirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uçun tuxum hujayralarini oliş (OPU), laboratoriya şaroitida uruğlantiriş (IVF) va embrion köçiriş texnologiyalari qöllaniladi.
Uşbu usullar naslçilik işlarini takomillaştiriş va qimmatli genetik xususiyatlarga ega hayvonlar sonini köpaytiriş imkonini beradi.
Klaster hududida «Industriya 4.0» tamoyillariga asoslangan avtomatlaştirilgan işlab çiqariş tizimlari ham joriy etilgan. Jumladan, bu yerda Xitoyning Mengniu Group kompaniyasi kabi yirik işlab çiqaruvçilarga tegişli zamonaviy sutni qayta işlaş korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Bunday korxonalarda işlab çiqariş jarayonlari xomaşyoni qabul qilişdan tortib, tayyor mahsulotni qadoqlaşgaça töliq avtomatlaştirilgan.
Özbekistonlik fermerlar uçun örganilgan tajriba çorvaçilikda biotexnologiyalarni qöllaş, çorva mollari mahsuldorligini oşiriş, sutçilik xöjaliklarini boşqarişning zamonaviy tizimlarini joriy etiş va sutni qayta işlaş jarayonlarini takomillaştiriş nuqtai nazaridan qiziqiş uyğotadi.
Savdo-sanoat palatasida ta’kidlanişiça, zamonaviy sutçilik klasterlarini rivojlantiriş ilmiy yutuqlar, ilğor biotexnologiyalar va qayta işlaş sanoatini integratsiya qilişni nazarda tutadi. Xitoy tajribasini örganiş Özbekistonda çorvaçilik va sut sanoatini modernizatsiya qilişga yordam berişi mumkin.