Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va AQŞ ikki mamlakat bojxona xizmatlari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş böyiça tadbirlar dasturini imzoladi. Bu haqda Özbekiston Bojxona qömitasi xabar berdi.
Hujjat Qömita raisi A. Mavlonovning AQŞ Bojxona va çegarani himoya qiliş xizmati rahbari örinbosarining xalqaro aloqalar böyiça yönalişiga mas’ul Aaron Mitçell boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuvi yakunlari böyiça imzolandi.
Uçraşuvda AQŞning Özbekistondagi elçisi Jonatan Xenik, Amerika bojxona xizmati xalqaro aloqalar boşqarmasi rahbari Kimberli Remsi hamda boşqa rasmiy vakillar ham iştirok etdi.
Mavlonov Özbekiston rahbariyati tomonidan AQŞ bilan strategik şeriklikni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, bu ikki mamlakat bojxona idoralari örtasidagi hamkorlikni faollaştirişga ham xizmat qilmoqda.
Tomonlar yuklar töğrisidagi dastlabki elektron ma’lumotlarni almaşiş, xavflarni boşqariş hamda xavf darajasi yuqori bölgan yuklarni aniqlaşga qaratilgan FECDEP dasturi doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Bojxona laboratoriyalari va kinologiya xizmatini rivojlantiriş, kontrabandaga qarşi kuraşiş, yuklarni maqsadli saralaş hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini qöllaş ham alohida yönalişlar sifatida körib çiqildi. Iştirokçilar bojxona xodimlarining malakasini oşiriş imkoniyatlarini ham muhokama qildi.
Bundan taşqari, ikki mamlakat vakillari çegaradagi bojxona postlarini modernizatsiya qiliş va AQŞ tajribasidan foydalangan holda zamonaviy nazorat texnologiyalarini joriy etiş böyiça fikr almaşdi.
Taşrif doirasida delegatsiya Markaziy bojxona laboratoriyasi, yuklarni maqsadli saralaş va xavflarni monitoring qiliş bölinmasi, şuningdek, Bojxona rasmiylaştiruvi markazi faoliyati bilan tanişdi.
Uçraşuv iştirokçilari mutaxassislar almaşinuvi va muntazam ravişda qöşma öquv tadbirlarini ötkaziş muhimligini ta’kidladi.
Imzolangan dastur Özbekiston va AQŞ bojxona xizmatlari örtasidagi amaliy hamkorlikni yana-da rivojlantiriş va tajriba almaşişni nazarda tutadi.