Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmatiToşkent viloyati Yaponiyaning Noritsuisu Co., Ltd. kompaniyasiga Angren erkin iqtisodiy zonasida kreslolarni yiğiş va pölat konstruksiyalar işlab çiqariş böyiça qöşma korxona taşkil etişni taklif qildi.
Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boşçiligidagi delegatsiya Yaponiyadagi korxonaga taşrif buyurib, uning işlab çiqariş jarayonlari, texnologiyalari, şuningdek, mahsulotlarni loyihalaştiriş va tayyorlaş bosqiçlari bilan tanişdi.
Kompaniya prezidenti Syogo Aoki bilan bölib ötgan uçraşuvda tomonlar Toşkent viloyatida işlab çiqarişni taşkil etiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Noritsuisu kompaniyasi Yaponiyada 1947 yildan buyon faoliyat yuritadi. U pölat karkasli stullar va ofis mebellarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.
Kompaniya ofislar, konferensiya zallari, ta’lim va tibbiyot muassasalari uçun mebel, örindiqlar hamda tösiq konstruksiyalarini işlab çiqaradi. Mahsulotlar Noritsu Çairs brendi ostida sotiladi.
Kompaniyaning boş qarorgohi Ayti prefekturasining Yatomi şahrida joylaşgan.
Qöşma korxona taşkil etişdan taşqari, Özbekiston tomoni mamlakatimizdan texnologlar va muhandislar uçun kompaniyaning Yatomi şahridagi zavodida ikki haftadan tört haftagaça davom etadigan amaliy stajirovkalarni taşkil etişni ham taklif qildi.
Hokimlik ma’lumotiga köra, uşbu taşabbusni amalga oşiriş mahalliy sanoat işlab çiqarişini rivojlantiriş va içki bozorda zamonaviy mebel mahsulotlari taklifini kengaytirişga xizmat qilişi mumkin.