Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Savdo-sanoat palatasi va Turkiya Palatalar va tovar birjalari ittifoqi (TOBB) tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş sohasida hamkorlikni kengaytiriş va tajriba almaşiş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Palata raisining maslahatçisi Jamil Maqsudiy TOBB boşqaruvi a’zosi Mustafa Bayburtlu bilan uçraşdi. Tomonlar ikki mamlakat işbilarmon doiralari birlaşmalari örtasidagi hamkorlikning yangi yönalişlarini körib çiqdilar.
Jumladan, uçraşuv iştirokçilari yaqin vaqtlarda Toşkentda ötkazilişi rejalaştirilgan xalqaro biznes-forumda TOBB vakillarining iştirok etişi imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Jamil Maqsudiy tadbirkorlarning muammolari va takliflarini tarmoqlar kesimida örganiş, tizimli masalalarni aniqlaş hamda ularni hal etiş böyiça davlat organlariga takliflar tayyorlaş amaliyoti haqida ma’lumot berdi.
Şuningdek, u Savdo-sanoat palatasida a’zolik tizimini rivojlantiriş va xalqaro yuk taşiş sohasida muhim ahamiyatga ega bölgan ATA Carnet mexanizmini joriy etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot taqdim etdi.
TOBB vakillari Turkiyaning savdo reyestrini yuritiş, tovarlarning kelib çiqiş sertifikatlari va preferensial savdo uçun zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş borasidagi tajribasi bilan örtoqlaşdilar. Şuningdek, korxonalarni «yagona darça» tamoyili asosida röyxatdan ötkaziş va tadbirkorlarga xizmatlar körsatiş masalalari ham muhokama qilindi.
Mustafa Bayburtlu Özbekistonning tegişli vazirlik va idoralari mutaxassislari uçun Anqara şahriga tanişuv safarini taşkil etişni taklif qildi. Safardan maqsad mazkur yönalişlardagi Turkiya tajribasini batafsil örganişdan iborat.
Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlikni kengaytiriş, tajriba almaşişni faollaştiriş va muhokama qilingan masalalar böyiça amaliy işlarni davom ettirişga kelişib oldilar.