Iqtisod

Özbekiston va Global Olive Corporation zaytun yetiştirişni rivojlantiradi

Özbekiston va Global Olive Corporation zaytun yetiştirişni rivojlantiradi
Özbekiston va Global Olive Corporation zaytun yetiştirişni rivojlantiradi / Foto: Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Global Olive Corporation kompaniyasi zaytun yetiştiriş va uni qayta işlaş sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş niyatida. Bu haqda Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov kompaniya boş direktori Georgiy Svanidze bilan uçraşuv ötkazdi.

Tomonlar özaro hamkorlikning joriy holati, Özbekistonda zaytunçilikni rivojlantiriş va istiqboldagi rejalarni muhokama qildi.

Hamkorlikning ustuvor yönalişlaridan biri zaytun yetiştirişdan tortib, uni qayta işlaş va tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan töliq işlab çiqariş zanjirini yaratiş etib belgilandi.

Xususan, uçraşuv iştirokçilari zaytun moyi işlab çiqariş infratuzilmasini yaratiş, mahsulot sifatini ta’minlaş va xalqaro eksport bozorlariga çiqiş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.

Soha uçun malakali kadrlar tayyorlaşga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar yoş agronomlar va xorijiy mutaxassislar örtasida tajriba almaşinuvini taşkil etiş, zamonaviy agrotexnologiyalarni özlaştiriş hamda ekinlarni yetiştirişda ilmiy asoslangan yondaşuvni qöllaş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Uçraşuv yakunida iştirokçilar hamkorlikni davom ettiriş va qöşma loyihani yangi bosqiçga olib çiqişga kelişib oldi. Özaro hamkorlikning amaliy yönalişlari qatorida köçatlar yetkazib beriş, agrotexnologik kömak körsatiş va mutaxassislar tayyorlaş belgilandi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.