Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni Toşkentda Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça Özbekiston — Turkiya oliy darajali kengaşining birinçi yiğilişida iştirok etadi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Yiğiliş oldidan davlat rahbari Turkiya vitse-prezidenti va kengaş hamraisi Jevdet Yilmaz bilan uçraşuv ötkazadi.
Tadbir poytaxtdagi Xalqaro kongress markazida bölib ötadi. Unda ikki mamlakat davlat organlari vakillari, yetakçi kompaniyalar rahbarlari, investorlar hamda işbilarmon doiralar iştirok etadi.
Kengaş 2026 yil oktyabr oyida taşkil etilgan. Uni tuziş töğrisidagi kelişuv Özbekiston va Turkiya prezidentlari Şavkat Mirziyoyev hamda Rejep Tayyip Erdoğan tomonidan 29 oktyabr kuni Anqaradagi muzokaralar yakunlari böyiça imzolangan.
Yangi tuzilma savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantiriş, ikki mamlakat tadbirkorlari örtasidagi muloqotlarni kengaytiriş hamda biznes uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga kömaklaşişni maqsad qilgan.
Birinçi yiğiliş dasturidan infratuzilma va şaharsozlik, energetika hamda kimyo sanoatiga bağişlangan mavzuli sessiyalar örin olgan. Şuningdek, iştirokçilar sanoat işlab çiqarişi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş, ijtimoiy soha va davlat-xususiy şeriklik masalalarini körib çiqadi.
Uçraşuv savdo hajmini oşiriş, investitsiyalarni jalb qiliş, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş va qöşma loyihalarni ilgari suriş imkoniyatlarini muhokama qiliş maydoniga aylanişi kutilmoqda.