Iqtisod

Turkiya kompaniyalari Farğonada logistika markazlarini taşkil etadi

Turkiya kompaniyalari Farğonada logistika markazlarini taşkil etadi
Turkiya kompaniyalari Farğonada logistika markazlarini taşkil etadi / Foto: Farğona viloyat ma’muriyati matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Turkiya kompaniyalari Farğona viloyatining Uçköprik va Beşariq tumanlarida logistika infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça loyihalarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov uşbu taşabbuslarni ENF Lojistik İç ve Dış Ticaret A.Ş. ijroçi direktori Yuksel Abdullah, Asal Grup Lojistik rahbari Sezen Çalişkan hamda ularning Farğona viloyatidagi hamkorlari bilan muhokama qildi.

Uçraşuv Toşkentda bölib ötayotgan Turkiya-Özbekiston biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça Oliy darajadagi kengaşning birinçi yiğilişi doirasida taşkil etildi.

Turkiyalik investorlar logistika markazlari, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlaşga möljallangan zamonaviy ombor majmualari va mehmonxona taşkil etiş böyiça loyihalar işlab çiqilayotganini ma’lum qildi. Boşqa yönalişlardagi taşabbuslar ham körib çiqilmoqda.

Loyihalar ustida mahalliy hamkorlar bilan birgalikda iş olib borilmoqda. Turkiya kompaniyalari vakillari ularni amalga oşirişni boşlaş niyatida ekanini bildirdi.

Xayrullo Bozorov mazkur taşabbuslarning hudud iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaş, yangi iş örinlari yaratiş va logistika infratuzilmasini rivojlantirişdagi ahamiyatini ta’kidladi. U investorlarni viloyat hokimligi tomonidan taşkiliy va amaliy jihatdan qöllab-quvvatlaşga işontirdi.

Uçraşuv yakunida Farğona viloyati hokimligi va ENF Lojistik İç ve Dış Ticaret A.Ş. örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

ENF Lojistik İç ve Dış Ticaret A.Ş. kompaniyasi Istanbul şahrida joylaşgan bölib, avtomobil transportida yuk taşiş, içki va xalqaro logistika, omborlarda hamda bojxona omborlarida saqlaş, yuklarni taqsimlaş va yetkazib beriş xizmatlariga ixtisoslaşgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.