Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 17 dekabrdan Toşkent va Astraxan örtasida yangi xalqaro yölovçi poyezdi qatnovi boşlanadi. Poyezdlar haftasiga bir marta harakatlanadi. Bu haqda Özbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
2026 yil 17 dekabrdan Toşkent va Astraxan örtasida № 149/150-sonli yangi xalqaro yölovçi poyezdi qatnay boşlaydi. Poyezdlar haftasiga bir marta harakatlanadi. Bu haqda Özbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
Toşkent — Astraxan yönalişidagi № 150-sonli poyezd har payşanba kuni soat 18:00 da Toşkent-Markaziy (Toşkent-Şimoliy) vokzalidan jönaydi. Birinçi qatnov 17 dekabrga belgilangan.
Poyezd Astraxan şahriga şanba kunlari soat 19:00 da yetib borişi rejalaştirilgan.
Qaytiş yönalişidagi № 149-sonli poyezd Astraxan şahridan har yakşanba kuni soat 02:01 da jönaydi. Rossiya şahridan birinçi qatnov 20 dekabr kuni amalga oşiriladi.
Poyezdning Toşkent-Markaziy (Toşkent-Şimoliy) vokzaliga seşanba kunlari soat 04:35 da yetib kelişi rejalaştirilgan.
Yölovçi poyezdlariga çiptalar savdosi tegişli poyezd jönab ketişidan 45 kun oldin boşlanadi.