Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyati va Yaponiyaning Onodera User Run kompaniyasi mutaxassislar tayyorlaş hamda ularni Yaponiyada işga joylaştiriş sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralarni Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev kompaniya prezidenti Jun Kato bilan ötkazdi. Unda yangi investitsiyaviy va ijtimoiy loyihalar, şuningdek, hamkorlik geografiyasini kengaytiriş masalalariga e’tibor qaratildi.
Uçraşuv davlat rahbarlari darajasida boşlangan muloqotning davomi böldi. Avvalroq Jun Kato Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Toşkentdagi OUR BLOOMING ACADEMY ta’lim markaziga taşrifi çoğida ham iştirok etgan edi. Öşanda u özbek yoşlarini bepul kasb-hunarga öqitiş, malakasini oşiriş va keyinçalik işga joylaştiriş dasturlari haqida ma’lumot bergan.
Onodera User Run kompaniyasi 2016 yilda Tokioda taşkil etilgan. U Filippin, Myanma, Indoneziya, Laos va boşqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlaş loyihalarini amalga oşiradi. Kompaniya faoliyatining asosiy yönalişlari xorijiy fuqarolarga yapon tili va kasbiy könikmalarni örgatiş, ularni Yaponiya mehnat bozoriga çiqişga tayyorlaş hamda işga joylaştirişdan iborat.
2025 yil noyabr oyida Toşkentda Our Blooming Academy Uzbekistan ta’lim markazi faoliyatini boşlagan. Hozirda bu yerda yoşlar umumiy ovqatlaniş, keksalarga parvariş körsatiş va avtomobil boşqariş yönalişlari böyiça öqitilmoqda.
Muzokaralar davomida tomonlar uşbu tajribani Toşkent viloyatida ham joriy etiş imkoniyatlarini körib çiqdi. Xususan, viloyat hokimligi, Özbekiston Migratsiya agentligi va Onodera User Run örtasida uç tomonlama kelişuv imzolaş masalasi muhokama qilindi.
Yana bir taşabbus Yaponiya iş beruvçilarining talablarini hisobga olgan holda haydovçilar tayyorlaş böyiça hududda öquv markazi taşkil etişni nazarda tutadi.
Tomonlar taklif etilayotgan loyihalar yoşlarning kasbiy könikmalarini oşiriş, ularning işga joylaşişiga kömaklaşiş va Özbekiston hamda Yaponiya örtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirişga qaratilganini ta’kidladi.