7
Texnologiyalar

Toşkent Osiyoda simli internet sifati böyiça uçinçi örinni egalladi

Toşkent Osiyoda simli internet sifati böyiça uçinçi örinni egalladi
Toşkent Osiyoda simli internet sifati böyiça uçinçi örinni egalladi

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent simli internetdan foydalaniş sifati yaxşilanişi böyiça Osiyo poytaxtlari orasida uçinçi örinni egalladi. 2025 yil noyabridan 2026 yil oktyabrigaça şahardagi körsatkiç 16 foizga oşdi. Bu haqda nPerf ma’lumotlarida keltirilgan.

Toşkent simli internetdan foydalanişdagi foydalanuvçi tajribasi sifati ösişi böyiça Osiyo poytaxtlari orasida uçinçi örinni egalladi. 2025 yil noyabridan 2026 yil oktyabrigaça şahardagi körsatkiç 16 foizga oşdi. Bu haqda nPerf ma’lumotlari guvohlik bermoqda.

Reytingda Osiyoning beşta poytaxti iştirok etdi. Birinçi örinni Kuala-Lumpur (Malayziya) egalladi, bu şaharda körsatkiç 29 foizga ösgan. Ikkinçi örin esa 26 foizlik ösiş bilan Dakkaga (Bangladeş) nasib etdi.

Toşkent 16 foizlik natija bilan uçinçi örindan joy oldi. Keyingi örinlarni körsatkiçi 15 foizga oşgan Bangkok (Tailand) va 3 foizlik ösiş qayd etgan Singapur egalladi.

nPerf ma’lumotlariga köra, beşta şaharning barçasida natijalar oldingi davrga nisbatan yaxşilangan. Taqqoslaş ikki davrni qamrab oladi: 2020 yil noyabridan 2021 yil oktyabrigaça hamda 2025 yil noyabridan 2026 yil oktyabrigaça.

Foydalanuvçi tajribasi sifati körsatkiçi veb-sahifalarni yuklaş va videolarni onlayn translyatsiya qilişning örtaça samaradorligini aks ettiradi. Körsatkiç qançalik yuqori bölsa, internetdan kundalik foydalaniş şunçalik qulay böladi.

Şunday qilib, Toşkent reytingda keltirilgan Osiyo poytaxtlari orasida simli internet aloqasi sifati yaxşilanişining eng yuqori sur’atlaridan birini namoyiş etdi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.