Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi va Seul milliy universiteti akademik hamda ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik qiliş töğrisida memorandum imzoladi.
Hujjat ikki tomon örtasidagi hamkorlikning umumiy yönalişlarini belgilaydi. Ularning biri «Yangi Özbekiston» universiteti huzuridagi Sun’iy intellekt institutini taşkil etiş va rivojlantiriş böyiça hamkorlikdan iborat böladi.
Memorandumda, şuningdek, talabalar, professor-öqituvçilar va ma’muriy xodimlar almaşinuvi, qöşma ilmiy tadqiqotlar ötkaziş, akademik va ilmiy materiallar almaşiş ham nazarda tutilgan.
Aniq taşabbuslar va ularni amalga oşiriş böyiça keyingi qadamlar qöşimça muhokamalar hamda tegişli kelişuvlardan söng tomonlarning alohida yozma bitimlarida belgilanadi.