Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning Defex Robotics startapi AQŞning Y Combinator akseleratoriga qabul qilingan mamlakatdagi uçinçi loyihaga aylandi.
Husan Mavlonov tomonidan asos solingan kompaniya işlab çiqariş jarayonlarini avtomatlaştiriş uçun robotlaştirilgan yeçimlarni işlab çiqmoqda.
Avvalroq Özbekistondan yana ikkita startap — Speko (S26 mavsumi) va Twolabs (P26 mavsumi) Y Combinator akseleratoriga qabul qilingan edi.
Defex Robotics mahsulotlarni yiğiş va sifatini nazorat qiliş jarayonlarini avtomatlaştirişga möljallangan sanoat robotlarini yaratişga ixtisoslaşgan.
Kompaniya yeçimi elektr ulagiçlarini örnatiş, birikmalarning mustahkamligini tekşiriş va sinov natijalarini avtomatik ravişda qayd etiş imkonini beradi.
Y Combinator akseleratoriga qabul qilinişi startapga texnologik kompaniyalarni qöllab-quvvatlaşga ixtisoslaşgan nufuzli xalqaro dasturlardan biri doirasida öz mahsulotini rivojlantiriş imkonini beradi.