Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 18 noyabr kuni Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov mamlakatdagi Kanada elçisi Kristofer Daggan bilan uçraşdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Uçraşuvda geologiya, toğ-kon sanoati, energetika va qişloq xöjaligi sohalaridagi qöşma investitsiya loyihalarini ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, Özbekiston mahsulotlarini Kanada bozoriga yetkazib beriş hajmini oşiriş masalasi muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasida töğridan-töğri aloqalarni faollaştiriş, özaro biznes-missiyalar taşkil etiş hamda hamkorlikning yangi yönalişlarini rivojlantiriş imkoniyatlarini ham körib çiqdi.