Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Innovatsion rivojlaniş agentligi Koreya Milliy tadqiqotlar jamğarmasi (NRF Korea) bilan hamkorlikda Seul şahrida Global tadqiqot kengaşining (Global Researç Council, GRC) Osiyo-Tinç okeani mintaqasi böyiça mintaqaviy yiğilişini ötkazadi.
Tadbir 2026 yil 30 noyabrdan 2 dekabrga qadar bölib ötadi.
Agentlik matbuot xizmati xabar berişiça, bunday tadbirni taşkil etişda Markaziy Osiyodan birinçi marta biror taşkilot hamkor sifatida iştirok etmoqda.
Yiğilişda Şarqiy, Janubiy va Janubi-Şarqiy Osiyo hamda Tinç okeani mintaqasi mamlakatlarining milliy ilmiy jamğarmalari rahbarlari, ilmiy grantlar ajratuvçi taşkilotlar, ilmiy siyosatni şakllantiruvçi muassasalar vakillari, xalqaro dasturlar ekspertlari hamda GRC işçi guruhlari a’zolari iştirok etadi.
Tadbirni hamkorlikda taşkil etiş töğrisidagi qaror 2026 yil may oyida Bangkokda bölib ötgan GRCning 14-yillik yiğilişida ma’qullangan. Öşanda Agentlik vakili «Barqaror hamjamiyatlar uçun tadqiqotlar» sessiyasiga moderatorlik qilgan. Unda ijtimoiy va ekologik muammolarni hal etişda ilm-fanning örni, sun’iy intellektdan foydalaniş va oçiq ilm-fan tamoyillari muhokama qilingan.
Oktyabr oyida Agentlik delegatsiyasi Koreyada NRF Korea xalqaro aloqalar boşqarmasi direktori Xesu Kim bilan uçraşib, yiğiliş dasturi, sessiyalar faoliyati, ma’ruzaçilar va moderatorlarning iştiroki masalalarini muhokama qildi.
2012 yilda Vaşingtonda taşkil etilgan GRC turli mamlakatlarda ilm-fanni moliyalaştiruvçi taşkilotlar rahbarlarini birlaştiradi.
Kengaş maydonlarida qaysi tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş, loyihalarni qanday mezonlar asosida baholaş va ilm-fanning iqtisodiyot hamda jamiyatga ta’sirini qanday oşiriş masalalari muhokama qilinadi. Mintaqaviy uçraşuvlarda işlab çiqilgan takliflar keyingi yilgi global yiğilişni tayyorlaşda inobatga olinadi.
Agentlik fikriça, uşbu uçraşuvni taşkil etişda iştirok etiş mamlakatning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi mavqeini mustahkamlaydi va özbekistonlik olimlar uçun yangi imkoniyatlarni kengaytiradi.
Kutilayotgan natijalar qatoriga yetakçi ilmiy jamğarmalar bilan aloqalarni rivojlantiriş, qöşma tanlovlar ötkaziş, xalqaro grant dasturlari va tadqiqot konsorsiumlarini taşkil etiş imkoniyatlari kiradi.
Bundan taşqari, mazkur hamkorlik Özbekistonning GRC a’zoligiga qabul qilinişi uçun ham imkoniyat yaratadi.