Özbekiston

O‘zbekistonda bolalarni maktabga majburiy tayyorlash joriy etiladi

O‘zbekistonda bolalarni maktabga majburiy tayyorlash joriy etiladi
O‘zbekistonda bolalarni maktabga majburiy tayyorlash joriy etiladi / Foto: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi olti yoshli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlashni umumiy o‘rta taʼlim tizimiga kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat 17 noyabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqildi. Bu haqda palata majlisi to‘g‘risidagi xabarda maʼlum qilindi.

Taklif etilayotgan model maktabgacha va maktab taʼlimini yagona 12 yillik tizimga birlashtirishni nazarda tutadi. Bunda qo‘shimcha 12-sinf tashkil etish rejalashtirilmagan: tayyorlov yilidan keyin bolalar avvalgidek 1-sinfdan 11-sinfgacha tahsil oladi.

Qonun loyihasini taqdim etgan Taʼlim va fan vaziri o‘rinbosari Mehriniso Pardayeva endi asosiy eʼtibor faqat taʼlim qamrovini kengaytirishga emas, balki uning sifatiga ham qaratilishini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi model bolalarning birinchi sinfga tayyorgarligini yaxshilashi, ularning dastlabki bilim va ko‘nikmalari o‘rtasidagi farqni qisqartirishi kerak.

Qonun loyihasi «Taʼlim to‘g‘risida»gi hamda «Maktabgacha taʼlim va tarbiya to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.

Taʼlim qamrovini to‘liq taʼminlash uchun qo‘shimcha 800 ta guruh kerak bo‘ladi

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, hozirda olti yoshli bolalarning 98 foizi maktabga tayyorgarlik bilan qamrab olingan. Prezidentning 2026 yil 10 noyabrdagi farmoniga muvofiq, 2027 yildan ushbu ko‘rsatkichni 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Kelgusi yilda 2021 yilda tug‘ilgan 905 mingdan ortiq bola olti yoshga to‘ladi. Mavjud guruhlar va xonalar taxminan 885 ming nafar bolaga mo‘ljallangan. Qolgan bolalar uchun qo‘shimcha o‘rinlar yaratish talab etiladi.

Vazirlik, asosan, Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida 800 ta tayyorlov guruhini ochishni rejalashtirmoqda. Idora maʼlumotlariga ko‘ra, qolgan 11 ta hududda ushbu yoshdagi bolalarni tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish imkoniyati mavjud.

Qo‘shimcha moliyalashtirishga bo‘lgan dastlabki ehtiyoj 21,9 mlrd so‘mga baholanmoqda. Ushbu mablag‘ning 1,8 mlrd so‘mi pedagoglar mehnatiga haq to‘lashga, yana 20,1 mlrd so‘mi esa guruhlarni jihozlashga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

O‘qituvchilarning ish haqi vazirlikka ajratiladigan byudjet mablag‘lari hisobidan to‘lanishi rejalashtirilgan. Guruhlarni jihozlash uchun mahalliy hokimliklarni jalb qilish va maktablardagi bo‘sh xonalardan foydalanish nazarda tutilgan.

Xususiy muassasalardagi tayyorlov mashg‘ulotlari ham bepul bo‘ladi

Muhokama davomida O‘zLiDeP deputati Saydullo Azimov bolasi xususiy bog‘chaga qatnaydigan ota-onalar majburiy tayyorlov taʼlimi uchun pul to‘lashi kerakmi, degan savolni ko‘tardi. U Konstitutsiyada umumiy o‘rta taʼlimning bepulligi kafolatlanganiga eʼtibor qaratdi.

Vazirlik vakili majburiy bir yillik tayyorlov taʼlimi mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan muassasadan qatʼi nazar bepul bo‘lishini bildirdi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi normalar ota-onalarga qo‘shimcha pullik taʼlim xizmatlaridan alohida foydalanish imkonini beradi.

Azimov, shuningdek, qonun loyihasidagi yuridik ifodalar o‘rtasidagi nomuvofiqlikka eʼtibor qaratdi. Uning taʼkidlashicha, amaldagi normalarda maktabga tayyorgarlik bolaning huquqi sifatida belgilangan bo‘lsa, yangi model taʼlimning majburiy bosqichini nazarda tutmoqda.

Vazirlik yuridik xizmati vakili taʼlim olish huquqi bolaga tegishli ekanini, uning taʼlim olishini taʼminlash majburiyati esa ota-onalar zimmasiga yuklatilishini tushuntirdi. Deputat tegishli qoidalarni ikkinchi o‘qishga qadar aniqlashtirishni taklif qildi.

Deputatlar maktablarda xonalar yetishmasligini taʼkidladi

Azimov tayyorlov guruhlarini kengaytirish uchun maktab infratuzilmasi yetarli darajada tayyor ekaniga shubha bildirdi. U ayrim maktablarda sinflarda 40 nafardan ortiq o‘quvchi tahsil olayotganini, qo‘shimcha guruhlar esa taʼlim muassasalariga tushadigan yuklamani yana-da oshirishi mumkinligini qayd etdi.

Deputat tug‘ilishlar soni ortib borayotganiga ham eʼtibor qaratdi: 2021 yilda mamlakatda qariyb 905 ming nafar, 2022 yilda 932 ming nafar, 2023 yilda esa 961 ming nafar bola tug‘ilgan. Uning fikricha, bu holat olti yoshli bolalarni maktabga tayyorlash uchun joylarga bo‘lgan ehtiyojning yana-da ortishiga olib kelishi mumkin.

Azimov islohotning moliyaviy-iqtisodiy asoslarini batafsil taqdim etishni so‘radi. Uning taʼkidlashicha, tushuntirish xatida qo‘shimcha xarajatlar talab etilmasligi aytilgan, biroq vazirlik qariyb 22 mlrd so‘mlik xarajatlar hisob-kitobini taqdim etgan.

Maşğulotlar qayerda ötkaziladi?

Bolalarni maktabga tayyorlaşni maktabgaça ta’lim taşkilotlari, umumta’lim maktablari va ijtimoiy sohaga tegişli boşqa obyektlarda taşkil etiş rejalaştirilgan.

Boğçalarga qatnaydigan bolalarning maktablarga ötişi talab etilmaydi: ular tayyorlov yilini öz maktabgaça ta’lim muassasalarida ötaşi mumkin. Qolgan bolalar uçun maktablarda böş xonalar mavjud bölgan taqdirda tayyorlov guruhlari oçiladi. Agar mos xonalar bölmasa, boşqa ijtimoiy obyektlardan foydalanilişi mumkin.

Bunda ta’lim jarayoni, öquv dasturi va ta’lim sifatini nazorat qiliş vakolati ta’lim tizimida qoladi.

Tayyorlov bosqiçini yakunlagan bolalarga sertifikatlar beriladi.

Vazirlik islohot xorijda öqişga kirişni qiyinlaştirmaydi deb hisoblamoqda

Majlis davomida deputatlar taklif etilayotgan model Özbekistonda olingan ta’limning xorijda tan olinişiga qanday ta’sir körsatişini muhokama qildi.

Vazirlik vakili Erkin Murodov 11 yillik maktab ta’limidan oldin tayyorlov yilining qöşilişi xorijiy universitetlarga öqişga kirişda tösiqlar keltirib çiqarmasligini bildirdi.

Deputat Nodir Jumayev ayrim xorijiy oliy ta’lim muassasalari universitetda öqişni boşlaşdan oldin 12 yillik ta’lim olgan bölişni talab qilişi va Özbekiston maktablari bitiruvçilariga universitetga kirişdan avval pullik Foundation dasturini ötaşni taklif etişini ta’kidladi.

Uning fikriça, 12 yillik ta’lim tizimiga ötiş Özbekistondagi ta’lim davomiyligini bunday universitetlar talablariga yaqinlaştiriş imkonini beradi.

Muhokamalardan söng qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.