Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uçraşib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Saida Mirziyoyevaning sözlariga köra, uçraşuv davomida u Fransiya rahbariga Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning salomlarini yetkazgan.
Tomonlar strategik şeriklik istiqbollarini, jumladan, mudofaa, xavfsizlik, kibertexnologiyalar va sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorlikni, şuningdek, yirik iqtisodiy va gumanitar loyihalarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qilgan.
Bundan taşqari, Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumidagi iştiroki haqida ham sözlab berdi. Uning ta’kidlaşiça, tadbirda bolalarni himoya qiliş masalalari hamda avval Samarqandda kötarilgan mavzular muhokama qilingan.
U har bir bola qayerda tuğilgani va oilaviy şaroitidan qat’i nazar, ta’lim oliş, xavfsiz muhitda ulğayiş va kelajakda öz imkoniyatlarini röyobga çiqariş imkoniyatiga ega bölişi muhimligini ta’kidladi.